15:49 / 11.09.2024
21

Dunyodagi eng katta iPhone yaratildi (foto)

Dunyodagi eng katta iPhone yaratildi (foto)
Baxtli bo‘lish uchun zamonaviy odamga nima kerak? Shon-shuhrat yoki jahon rekordimi? Mrwhosetheboss taxallusi ostidagi bloger Arun Maynining so‘nggi videosi unga ikkalasini ham olib keldi. DIY Perks kanalidagi hamkasbi ko‘magida u iPhone 15 Pro Max'ni 15 baravarga kattalashtirdi. Bu smartfonning rasman eng katta versiyasi hisoblanadi.

Bolaligimda Ginnesning rekordlar kitobining so‘nggi nashrlarini o‘qish uchun kutubxonada soatlab qolib ketardim, shuning uchun mukofotni o‘zim olishim mutlaqo noreal bo‘lib tuyuladi”, deydi bloger.

Endi u sertifikati bilan maqtanishi mumkin. Rekordga erishish yo‘lida Mrwhosetheboss 100 000 dollardan ko‘proq sarfladi va bitta OLED televizorining bahridan o‘tdi.

Biz yaqinda YouTube kanalimizdagi obunachilar soni bo‘yicha Apple’dan o‘zib ketamiz va bu lahzani qanday qilib bo‘lsa ham suratga olishimiz kerak”, deydi Arun.

Natijada gadjetning balandligi 2 metrdan ortiq, og‘irligi esa deyarli 200 kilogrammni tashkil etdi. Blogerlar qurilmaning asosi sifatida Android va Windows yordamida sozlangan televizorni olishdi: iOS bunday imkoniyatlarni taqdim etmasdi. Hamma tugmalar, kamera va hatto fonar ham ishlaydi.

Mrwhosetheboss birinchi sinovlarni Londonda o‘tkazdi. U yerda muzqaymoqqa smartfon yordamida pul to‘ladi, o‘tkinchilar bilan suratga tushdi va hatto ularga Flappy Bird o‘ynashga ruxsat berdi. Bloger, shuningdek, Apple rahbari Tim Kukka elektron salom yo‘lladi.


Ginnesning rekordlar kitobiga kirishni Arun Mayni kanalining yangi davri boshlanishi deb atadi. Aftidan, u allaqachon yangi loyiha tayyorlamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dunyodagi eng katta iPhone yaratildi (foto)