23
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumqulining o‘zbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari to‘plamini sovg‘a qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga tashrifi doirasida turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forum yuksak darajada o‘tkazilgani bilan samimiy muborakbod etdi.
Suhbatda O‘zbekiston—Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, ko‘p qirrali hamkorlikni, ayniqsa siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zaro tovar ayirboshlash jadal o‘sayotgani, birgalikda chegaraoldi savdo hududi barpo etilayotgani, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlik kuchayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Faol hududlarlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuv doirasidagi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.
Bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi ham muhokama qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari Turkman xalqining milliy yetakchisiga Maxtumqulining o‘zbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.
Shavkat Mirziyoyev, Gurbanguli Berdimuhamedov, Maxtumquli, O‘zbek tilida, Tanlangan asarlari to‘plami “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi