
Bollivud yulduzi Amitabx Bachchan o‘ziga Galaxy Note 7 to‘liq zaryadlanmayotgani haqida o‘zining Tvitterdagi sahifasida yozib o‘tgan. Aktyorning yozishicha, unga qarashli mazkur smartfonning batareyasi 60%dan ortiq quvvat olmayapti. U Samsung’dan ushbu nosozlikni bartaraf qilishni so‘ragan. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Aftidan, aktyor Galaxy Note 7 atrofida bo‘layotgan voqealar haqida xabardor emas. Mazkur smartfonning batareyasida nosozlik aniqlangach, Janubiy Koreya kompaniyasi maxsus dastur yangilanishi orqali uni vaqtinchalik faqat 60%gacha quvvatlanadigan qilib qo‘ygan. Shuningdek, Samsung hali Hindistonda rasmiy Galaxy Note 7 smartfonlari sotuvga chiqarmagan. Shuning uchun mashhur aktyor o‘zining smartfonini boshqa mamlakatdan xarid qilgan, deb xulosa qilish mumkin.

Hodisaga mantiqan yondashsak, Amitabx Bachchanning Galaxy Note 7 smartfoni istalgan vaqtda yonib ketishi mumkin. Shuning uchun tarmoq foydalanuvchilari aktyorga telefonni qaytarib berishni yoki uni almashtirishni maslahat berishgan.
Eng qizig‘i, Bachchanning ushbu shikoyati Hindiston fuqaro aviasiyasi tashkiloti Galaxy Note 7 smartfonlarini samolyot bortlarida olib kirishga ruxsat bergan kunda yozilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar