Toyota Motor kompaniyasi Yaponiyada befarzand oilalar uchun maxsus robot-go‘dak yaratdi, deb yozadi "mynewsonline24.ru" sayti . So‘nggi yillarda Yaponiyada tug‘ilish ko‘rsatkichi rekord darajada tushib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar ichida aholining keksayish ko‘rsatkichi jihatidan etakchi hisoblangan Yaponiyada Toyota Motor kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan robot-go‘dak “Kirobo Mini” deb nomlandi.
Mutaxassislar bunday robotning kashf etilishi robototexnika sohasida kelajakda insoniy hissiyotlarni tushuna oluvchi va javob bera oluvchi robotlar yaratishda katta qadam bo‘lganini ta’kidlashmoqda. Yangi yaratilgan “Kirobo Mini” roboti go‘dak kabi harakatlar qila olishi mumkin. Bu esa robot va uning egasi o‘rtasida “ruhiy yaqinlik” uyg‘otadi.
Toyota kompaniyasidan xabar qilishlaricha, “Kirobo Mini” roboti kelasi yildan taxminan 392 dollar bahoda sotuvga chiqariladi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, Yaponiyada avvalroq, Intelligent System Co Ltd kompaniyasi tomonidan bola ko‘rinishidagi robot yaratilgandi. “Paro” nomini olgan robot-bolakay keksa kishilarda ruhiy zo‘riqishlarning kuchayib ketishining oldini olish maqsadida yaratilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”