
«Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda va jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qoʻyish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibi toʻgʻrisidagi» yoʻriqnoma Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Unga koʻra, kripto-aktivlar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida xatlash, musodara qilish, etkazilgan zararni qoplash uchun olib qoʻyilishi hamda dalil sifatida e'tirof etilishi mumkin.
Kripto-aktivlar bilan bogʻliq tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini oʻtkazish kripto-aktivlar bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlgan mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishi shart.
Quyidagi ma'lumotlar kripto-aktivlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid axborot manbalari boʻlishi mumkin, jumladan:
- shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlar;
- xizmatlar provayderlari va maynerlar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar;
- nazorat qiluvchi (litsenziyalovchi) organlarning ma'lumotlari;
- ochiq axborot manbalaridan olingan ma'lumotlar.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida kripto-aktivlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid ma'lumotlar va dalillar quyidagilarda aniqlanishi mumkin:
- axborot tashuvchi qurilmalar;
- kripto-hamyonlar;
- qogʻoz, bloknot yoki boshqa narsa va buyumlarda qayd etilgan qoʻlyozma va yozuvlar.
Olib qoʻyilgan, xatlangan va dalil sifatida e'tirof etilgan kripto-aktivlarning hisobi surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan yuritiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar