
Google kompaniyasi 2015 yil 11 mart kuni Google Cloud Storage Nearline nomli ma’lumotlarni saqlovchi “bulutli” servis yaratdi. Servisda 1 GB ma’lumot saqlash narxi oyiga 0,01 dollar bo‘lib, ma’lumotlar kirish tezligi 3 soniyani tashkil etadi.
Amazon kompaniyasida ham Amazon Glacier nomli xuddi shunday servis bor. Amazon ham 1 GB uchun oyiga 0,01 dollar oladi. Biroq unda ma’lumotlarga kirish tezligi 3-4 soatni tashkil etadi.
Ma’lumotlarni onlayn saqlash ancha qimmat bo‘lganligi sababli, bunday xizmatlardan ko‘proq tezlikdan tashqari katta miqdordagi ma’lumotlarni saqlashga ehtiyoj sezadigan servislar foydalanadi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar