15:34 / 26.10.2016
6 874

Sony PlayStation 4 konsoliga brauzer orqali buzib kirildi

Sony PlayStation 4 konsoliga brauzer orqali buzib kirildi

Zamonaviy o‘yin konsollari hozirgi kunda gadjetlar sanoatida nihoyatda kuchli himoya tizimi bilan ajralib turadi. Garchi Sony PlayStation 4 konsolining taqdim etilganiga mana qariyb 3 yil to‘lgan bo‘lsa-da, hali hech bir xaker ushbu blokbasterning noqonuniy nusxasini boshqa o‘yin konsollarida ishga tushira olmagan. Biroq tez orada ushbu tendensiya o‘zgarishi kutilmoqda. Xitoyning ChaitinTech kompaniyasi Sony PlayStation pristavkasining himoya tizimini buzishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar qildi.

Shu maqsadda hatto xitoylik shovvozlar tarmoqqa Sony PlayStation 4 dasturining qaroqchi versiyasi boshqa konsolga o‘rnatilgani aks ettirilgan videorolikni joyladilar. Firma dasturchilari namuna sifatida mashhur Super Mario Bros o‘yinidan foydalanishgan, eksploit esa tizimning brauzeri orqali ishga tushirilgan.

Hozircha Sony PlayStation 4 dasturining buzilgani to‘g‘risida rasmiy ma’lumot mavjud emas. Yaponiyaning Sony kompaniyasi ham mazkur video yuzasidan izoh bermagan. Bundan tashqari ba’zi xabarlarga ko‘ra, konsol dasturidagi zaiflik Sony mutaxassislari tarafidan so‘nggi yangilanish orqali yopilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sony PlayStation 4 konsoliga brauzer orqali buzib kirildi