13:53 / 27.10.2016
6 244

2-noyabr kuni mobil sohadagi — MobiCon 2016 halqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

2-noyabr kuni mobil sohadagi — MobiCon 2016 halqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2-noyabr kuni mobil sohadagi — MobiCon//2016 halqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir raqamli texnologiyalar sohasining barcha ko‘zga ko‘ringan vakillarini bir maydonda yig‘adi. Konferensiya qatnashchilari va ma’ruzachilari orasida — Beeline, Yandex, «Odnoklassniki», LG Electronics, Ucell, UZINFOCOM markazi mutahassislari va boshqalar bor.

Konferensiya dasturi rang-barangdir va unda internet, media va telekommunikasiyani rivojlantirish mavzulari uchta zalda paralel tarzda muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Bir necha qiziqarli yo‘nalishlarni qayd etib o‘tish kerak:

Internet. «VimpelCom Ltd»ning korporativ aloqalar bo‘yicha direktori Endryu Chaxoyaning ma’ruzasi «5G qanday qilib dunyoni o‘zgartiradi».

Startaplar. 2017-yilda qanday qilib startap yaratish mumkin: Kremniy Vodiysi tendensiyasi va dunyo trendlari. Ma’ruzachi Maks Gurvis (Cross Border Angels).

Qo‘shimcha reallik, biznes uchun yangi marketing mahsuloti sifatida. Ma’ruzachi: Dilshod Muzaffarov (Ledokol Group).

Elektron tijorat. Mobil tijoratning O‘zbekistondani istiqbollari, mobil to‘lovlar uchun virtual terminallarni va MPOS tizimlarni rivojlantirish. Ma’ruzachilar: Ulug‘bek Rustamov (CLICK), Bekzod Botirov (UPAY).

Mobil sohasida monetizasiya manbalari. Ma’ruzachilar: Aziz Raximov, Nikita Fominov (Yandex).

Mobil o‘yinlar — g‘oyadan sotuvga qadar. Ma’ruzachilar: Maksim Shikov (PizzaGame) va Akmal Salixov (Koozmeech).

Kontentni targ‘ib qilish. Damir Xalilov (Green PR) YouTube, Periscope, Facebook Live orqali video kontentni targ‘ib qilish haqida gapirib beradi, mobil ilovalarni targ‘ib qilish usullari bilan Sergey An (Pashigrev Marketing) va Sergeĭ Shevchenko (Webnow) o‘rtoqlashadilar. Mobil va desktop targ‘iboti farqlari haqida Alekseĭ Kupreev va Sergeĭ Serdyukovlar (UFOX) so‘zlab beradilar.

Anjumanda O‘zbekiston, Bolgariya, Rossiya, Qozog‘iston, Niderlandiya va Belarus Respublikasidan jami 20 dan ortiq ma’ruzachilar qatnashishi kutilmoqda. Tadbirning to‘liq dasturi bilan mobicon.uz veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Eurasia Mobile Challenge tanlovi qatnashchilari uchun mashq kuni (Acceleration Day) tashkil etilishi konferensiyaning muhim voqealaridan biriga aylanadi. Kun davomida tanlov qatnashchilari o‘z loyihalarini namoyish etishlari, mentorlari bilan suhbatlashishlari va mutahassislar maslahatini olishlari mumkin bo‘ladi.

MobiCon konferensiyasi tashkilotchisi Ledokol Group kompaniyasi. Tadbir bosh homiysi — Beeline. CLICK, IMG va «Odnoklassniki» anjumanning homiylari sifatida qatnashmoqdalar. Bosh axborot hamkori — Mail.ru Group. Strategik hamkor — UZINFOCOM markazi.

Konferensiyada qatnashish mutahassislar (telekommunikasiyalar, ilovalar yaratish, dasturlash, raqamli marketing, reklama va PR), unga aloqador soha vakillari, raqamli xizmatlar buyurtmachilari, ushbu sohalar mutahassisligida tahsil oluvchi talabalar va OAV vakillari uchun foydali bo‘ladi.

Ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi, qatnashish esa bepul.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2-noyabr kuni mobil sohadagi — MobiCon 2016 halqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi