Foto: Hi-tech.mail.ru
Amerikaning PETA kompaniyasi moda sohasida asl charmdan foydalanish muammosiga odamlarning e'tiborni jalb qilishning noodatiy usulini izlab topdi. Nyu Yorkning markaziy koʻchalarida sun'iy intellekt oʻrnatilgan buzoq koʻrinishidagi robot paydo boʻldi.
U hayvonlar huquqlari uchun kurash olib bormoqda va nafaqat sigirlar, balki charm tayyorlash uchun qurbon boʻladigan barcha hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatlarni chek qoʻyishni targʻib qilmoqda.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Ushbu loyiha zamonaviy charm sumkalar, poyabzal va kiyimlar ortida tirik mavjudotlarning hayoti zomin boʻlganini eslatishni hamda vegan mahsulotlardan foydalanishni targʻib qilishni maqsad qilgan.
Charli XC Cow deb nomlangan robot-buzoq mexanik qurilmaga oʻrnatilgan, uning boshi 3D printerda chop etilgan. Ustida esa “Faqat vegan kiyimlarni xarid qiling” yozuvi tushirilgan bandana bor. Charli XC gavjum koʻchalarni sayr qiladi va oʻtib ketayotgan insonlar bilan jonli muloqot qiladi.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Robot charm koʻylagi, poyabzali yoki charm sumkasi boʻlgan odamni payqab qolishi bilanoq uning yoniga boradi va gʻazab bilan soʻzlay boshlaydi: “Onamni koʻtarib yuribsizmi?” yoki “Sumkangizdagi charm bir bechoraning terisi edi!”, deydi. Ba'zan robot qoʻshib ham qoʻyadi: “Toʻxta, oʻgʻri! Bu charm kurtka mening singlim edi!”.
Bunday keskin, ammo tezda ta'sir qiladigan soʻzlar insonlar e'tiborini jalb qilishga yordam beradi. PETA kompaniyasiga koʻra, loyiha charm sanoatining ona tabiatga dahshatli ta'siri haqida bilimlarni oshirishga qaratilgan. Tashkilotning vitse prezidenti Treysi Reyman shunday deydi:
“Biz odamlarni hayvonlar va atrof-muhitga zarar keltirmaydigan vegan materiallarni tanlashga chorlaymiz”.
Robot nafaqat charm buyumlar kiyganlarni tanqid qiladi, balki bunday tovarlarni xarid qilmaydigan shaxslarni maqtaydi ham: kimdir charmdan hech narsa sotib olmasligini aytsa, Charli XC raqsga tushadi va shu tarzda quvonchini ifodalaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar