
AQShning Apple kompaniyasi o‘z telefonlaridagi IPS matrisani OLED matrisaga almashtirishi borasida mana bir necha yildan beri turli xabarlarni eshitib kelmoqdamiz. Biroq o‘tgan oyning boshida namoyish etilgan Apple iPhone 7 qurilmasida ham mazkur yangilik tasdiqlanmadi – Apple yana IPS displeylarga sodiq qoldi.
Terabayt.uz saytining ma’lum qilishicha, keyingi yilda Apple firmasi iPhone 8 modelining 3 ta versiyasini, jumladan, 5 dyuymli gadjetni ham taqdim qiladi. Shuningdek, qatordagi eng yirik model — iPhone 8 Plus Sharp tomonidan tayyorlangan OLED panel bilan jihozlanadi.
Ushbu yangilik shunchaki mish-mish bo‘lishi mumkin emas. Sababi iPhone qurilmalarini ishlab chiqaradigan Tayvanning Foxconn kompaniyasi shu yilning avgust oyida Sharp’ning nazorat aksiyalari (66,07%) to‘plamini 3,8 mlrd AQSh dollariga xarid qilgan edi. Bu esa mazkur xabarning zarur asosga egaligini isbotlaydi.
Bundan tashqari, “Olma” Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalari va bozordagi asosiy o‘yinchilardan biri — Samsung bilan raqobat qilish uchun yangi innovasiyalarni qo‘llashiga to‘g‘ri keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar