14:18 / 04.02.2025
60

OpenAI o3-mini modelini ishga tushirdi: hamma uchun bepul!

OpenAI o3-mini modelini ishga tushirdi: hamma uchun bepul!
OpenAI barcha ChatGPT foydalanuvchilari uchun yangi "mulohaza yurituvchi" o3-mini modelini ishga tushirdi.

Yangi o3-mini modeli avvalgi versiyalarga nisbatan samaradorligi yuqori boʻlib, OpenAI uni mantiqiy muammolarni hal qilish va batafsil javoblar taqdim etish qobiliyatiga ega deb ta'kidladi.

Ushbu kuchli va tezkor model 2024-yil dekabr oyida taqdim etilgan boʻlib, kichik modellar imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayniqsa, STEM sohalari – fan, matematika va dasturlashda – samaradorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u past kechikish va arzon narxni saqlab qolgan holda o1-mini modelining rivojlangan versiyasi hisoblanadi.

Endi neyrotarmoq qidiruv tizimi bilan ishlashni oʻrgandi va tegishli veb-manbalaraga havolalar keltira oladi. Hozirda bu funktsiya beta-test bosqichida, chunki OpenAI ChatGPT Search’ni oʻzining mantiqiy fikrlash modellariga integratsiya qilishda davom etmoqda. Bundan tashqari, uch xil "mulohaza" rejimi (low, medium, high) qoʻshildi, bu esa tezkor javob va chuqur tahlil oʻrtasida tanlov imkonini beradi.

Neyromodel API orqali va ChatGPT ichida foydalanish uchun mavjud. Hatto bepul foydalanuvchilar ham undan foydalana olishadi, biroq ular uchun xabarlar soniga qat'iy cheklovlar oʻrnatilgan. OpenAI bu ilk marta "mulohaza yurituvchi" model barcha foydalanuvchilarga ochiq qilinganini ta'kidladi. Kompaniyaning bunday qarorga kelishiga Xitoyning DeepSeek modeli muvaffaqiyati sabab boʻlishi mumkin.

Bepul foydalanish uchun ChatGPT sozlamalaridan "Reason" boʻlimini tanlang. Agar siz obunaga ega boʻlsangiz, yanada yuqori intellektga ega o3-mini-high versiyasidan ham foydalanishingiz mumkin, lekin u biroz sekinroq javob beradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno