date
views 337

GeForce RTX 5090 narxi 9100 dollarga yetdi

GeForce RTX 5090 narxi 9100 dollarga yetdi
GeForce RTX 5090 grafik kartasining chiqarilishi kompaniya tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz startlardan biri deb atalmoqda. Rasmiy doʻkonlarda kartalar bir necha daqiqa ichida sotilib ketdi, natijada ularning narxi sezilarli darajada oshib ketdi.

Tayvanda kartalar spekulyantlar tomonidan rasmiy narxidan uch-toʻrt barobar qimmatga sotilmoqda. Rasmiy narxi 72 000 yangi tayvan dollarini tashkil etgan RTX 5090 endi 200 000–300 000 tayvan dollariga (taxminan 9100 AQSh dollari) sotilmoqda.

Bunday talab fonida yetkazib berish muddati ham uzaymoqda. Masalan, Buyuk Britaniyaning Overclockers UK tarmogʻi eng yaqin yetkazib berish 3 hafta ichida boʻlishini, eng yomoni esa 4 oygacha choʻzilishini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » GeForce RTX 5090 narxi 9100 dollarga yetdi