01:34 / 06.02.2025
22

AMD server va sun'iy intellekt bozorida Intel’dan oʻzib ketdi

AMD server va sun'iy intellekt bozorida Intel’dan oʻzib ketdi
AMD daromadi server va sun'iy intellekt boʻlimlarida keskin oʻsdi. AMD 2024-moliyaviy yilining toʻrtinchi choragi va butun yil boʻyicha moliyaviy natijalarini e'lon qildi.

Chorak boʻyicha kompaniya 7,66 milliard dollar daromad oldi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 24% koʻp. Operatsion foyda 155% oʻsib, 871 million dollarni tashkil etdi, biroq sof foyda 28% pasayib, 482 million dollarga tushdi.

Yillik natijalarga koʻra, AMD 25,79 milliard dollar daromad oldi (+14%), operatsion foyda 1,9 milliard (+374%), sof foyda esa 1,64 milliard (+92%) ga oshdi.

Kompaniya Nvidia kabi markaziy ma'lumot markazlari (Data Center) yoʻnalishiga koʻproq e'tibor qaramoqda. Ushbu boʻlim umumiy yillik daromadning deyarli yarmini tashkil qildi va ikki baravar oʻsdi. Uning operatsion foydasi esa butun kompaniyaning foydasidan deyarli ikki baravar koʻp boʻlib, 3,48 milliard dollarni tashkil etdi.

Shuningdek, AMD server protsessorlari va sun'iy intellekt akseleratorlari boʻyicha chorakda 3,86 milliard dollar daromad oldi, bu esa Intel’ning 3,4 milliard dollar daromadidan koʻproq. Bu esa kompaniyani eng muhim bozorlardan birida raqobatchisidan oldinga olib chiqdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno