Mozilla Firefox 135 ning yangi versiyasini e’lon qildi, unda sun’iy intellekt (AI) bilan integratsiya joriy etildi. Boshqa brauzerlar – Microsoft Edge va Brave o‘z AI yordamchilarini yaratgan bo‘lsa, Firefox mustaqil AI xizmatlarini, jumladan, OpenAI ChatGPT va Anthropic Claude’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangi funksiya avval tajriba tariqasida mavjud bo‘lib, faqat cheklangan foydalanuvchilarga taqdim etilgan edi. Endi esa u barcha foydalanuvchilarga bosqichma-bosqich taqdim etilmoqda. Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish uchun brauzerning yon panelidagi Sparkle tugmachasini bosish kifoya.
Bundan tashqari, yangi versiyada zararli saytlarning foydalanuvchilarga sahifalarni orqaga qaytarish imkonini bermaslik usullari bloklanadi. Shuningdek, Firefox Translations vositasi endi rus tilini maqsadli tarjima tili sifatida qo‘llab-quvvatlaydi va xitoy, yapon va koreys tillaridan ham tarjima qilish imkoniyati qo‘shildi.
Boshqa yangilanishlar qatorida CRLite sertifikat tekshirish tizimi yaxshilandi, bu esa brauzer xavfsizligini oshirishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar