![ChatGPT qidiruvi endi bepul va ro‘yxatdan o‘tish shart emas](/uploads/posts/2025-02/openai.webp)
OpenAI kompaniyasi o‘zining ChatGPT qidiruv tizimi endi hamma uchun bepul ochiqlanganini e’lon qildi. Ilgari faqat ChatGPT Plus obunachilari foydalanishi mumkin bo‘lgan ushbu funksiya endi hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilmoqda.
ChatGPT qidiruviga chatgpt.com sahifasi orqali hatto OpenAI akkauntisiz ham kirish mumkin. Agar akkaunt bo‘lmasa, so‘rovlar tarixi saqlanmaydi. Yangi qidiruv tizimi GPT-4o modeliga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchilarga oddiy havolalar ro‘yxati o‘rniga to‘liq javoblar taqdim etadi va ma’lumot manbalariga havolalarni ham ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, mintaqaviy cheklovlar hanuz saqlanib qolgan – ChatGPT qidiruvi faqatgina xizmat rasmiy mavjud bo‘lgan mamlakatlarda ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar