21:45 / 16.02.2025
263

Xiaomi 15 flagmani 2 mart kuni global bozorga chiqarilishi aytilmoqda

Xiaomi 15 flagmani 2 mart kuni global bozorga chiqarilishi aytilmoqda
Foto: Xiaomi
Xiaomi kompaniyasi oʻz flagman smartfonlari turkumi — Xiaomi 15 global miqyosda taqdim etiladigan sanani rasman e'lon qildi. Bu haqda GizmoChina xabar berdi.

Taqdimot 2025 yilning 2 mart kuni Barselonadagi MWC koʻrgazmasi doirasida oʻtkaziladi.

Yangi turkumdan standart Xiaomi 15 hamda foto olish imkoniyatlari kuchaytirilgan Xiaomi 15 Ultra smartfoni oʻrin olgan.

Hozircha mavjud ma'lumotlarga koʻra, Xiaomi 15 Ultra smartfonida 200 megapikselli periskopik teleob'ektiv (4,3 karra optik zumga ega) va asosiy Sony LYT-900 sensori oʻrnatilgan, natijada yorugʻlik etarli boʻlmagan sharoit va zumdan foydalanganda tasvir sifati yuqoriligi ta'minlanadi.

Ma'lumot uchun: standart Xiaomi 15 smartfoni 2024 yil oxirida Xitoyda taqdim etilgan. Qurilma 6,36 dyuymli OLED-displey (yangilanish tezligi — 120 Gs), Snapdragon 8 Elite protsessori, 5400 mAs sigʻimli akkumulyator (quvvatlash texnologiyasi — 90 Vt)ga ega. Smartfonning global versiyasida 12 GB operativ xotira va 512 GB ichki xotira koʻzda tutilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno