Telegram BotPrize tanlovining ilk g‘oliblarini e’lon qildi

Texno1 daqiqa o'qish6.2K
Telegram BotPrize tanlovining ilk g‘oliblarini e’lon qildi
Telegram BotPrize tanlovining ilk g‘oliblarini e’lon qildi

Telegram messenjerining blogida shu yilning aprel oyida tashkil etilgan BotPrize tanlovining birinchi g‘oliblari e’lon qilindi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad dasturchilarni samarali va kuchli botlarni yaratishga rag‘batlantirishdir. Tanlovning ilk g‘oliblariga jami 200 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan mukofot pullari taqdim etiladi.

G‘oliblar bilan tanishing:

@icon8bot – neyron tarmoqlar va elektron texnologiyalar yordamida tasvirlarga filtrlar qo‘llaydigan bot;

@integram_bot – Trello, Gitlab va Bitbucket kabi dasturlarni tashqi servislar bilan integratsiyalashga xizmat qiladigan bot;

@werewolfbot – Janubiy-Sharqiy Osiyoda mashhur Werewolf Game guruhli chatlariga mo‘ljallangan o‘yin;

@strangerbot – ikkita tasodifiy foydalanuvchilar o‘rtasida chatni ishga tushiradigan bot. Janubiy Yevropa mamlakatlarida keng ommalashgan;

@octopocket_bot – Yevroittifoq aholisi orasida o‘zaro pul yuborishga xizmat qiladigan “aqlli hamyon” (shu bilan birga Ispaniya bankomatlariga ham integratsiyalangan).

Telegram g‘oliblar qo‘lga kiritilgan yutuqlarni kelgusida botlarni rivojlantirishga yo‘naltirishiga umid bildirgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?