
Telegram messenjerida reklama yana ko‘proq joylarda paydo bo‘lishi ma’lum qilindi. Yaqin kunlarda reklama faqat kanallarda emas, balki qidiruv natijalarida ham ko‘rsatiladi.
Reklama foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga emas, balki u aynan nima qidirayotganiga qarab chiqadi. Ya’ni foydalanuvchi yozgan qidiruv so‘zlariga mos reklama namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, Telegram Premium obunachilari bu reklamalardan ozod qilinadi va ularning qidiruv tajribasi o‘zgarmaydi.[i][/i]
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar