07:43 / 28.03.2025
71

iPhone’dagi Google Maps yanada qulaylashadi

iPhone’dagi Google Maps yanada qulaylashadi
Google iPhone foydalanuvchilari uchun Google Maps ilovasini yangiladi va sayohatni rejalashtirishni ancha osonlashtiruvchi yangi funksiyani joriy etdi, deb xabar berdi Pepelac.news.

Endi foydalanuvchilar telefonlaridagi fotosuratlar orqali joylarni aniqlab, ularni Google Maps’dagi ro‘yxatlarga saqlashlari mumkin bo‘ladi. Bu uzoq yozuvlar yuritish yoki ko‘plab suratlar orasidan keraklisini qidirishga ehtiyojni kamaytiradi.

“Sozlamalar” bo‘limidan yoqiladigan “skrinshotlar ro‘yxati” funksiyasi sun’iy intellekt orqali suratlarni tahlil qiladi, joy nomlarini topadi va ularni maxsus ro‘yxatga saqlash imkonini beradi. Bu joylar xaritada ko‘rinadi va sayohatdoshlar bilan ulashish mumkin bo‘ladi.

Funktsiya hozircha AQShdagi iPhone foydalanuvchilari uchun ishga tushirilgan. Yaqin kunlarda Android foydalanuvchilari uchun ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Bu Google tomonidan sun’iy intellekt yordamida sayohatni rejalashtirishni soddalashtirish bo‘yicha kiritilgan bir qator yangiliklardan biridir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno