
Apple kompaniyasining Hindistonda ishlab chiqarishni kengaytirish strategiyasi doirasida Foxconn 2025 yilda mamlakatda 25–30 million dona iPhone ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu o‘tgan yilgi 12 million donaga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p, deb pepelac.news xabar berdi.
2024 yilda Hindistondagi zavodlarda taxminan 12 million iPhone yig‘ilgan. Ammo Apple bu yil ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirishni maqsad qilgan. Ushbu reja Apple’ning ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va Xitoyga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirishga qaratilgan kengroq strategiyasining bir qismidir.
Manbalarga ko‘ra, Hindiston hukumati ichki ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun subsidiya va imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bu choralar Apple’ning global bozordagi mavqeini mustahkamlab, Hindistonda ishlab chiqarilgan mahsulot ulushini 20–25 foizgacha oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar