
Google kompaniyasi barcha Gemini ilovasi foydalanuvchilari uchun Gemini 2.5 Pro neyrotarmog‘ining tajriba versiyasidan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Bu kutilmagan qaror bo‘ldi, chunki ushbu sun’iy intellekt algoritmi atigi bir necha kun oldin Google tomonidan "eng aqlli sun’iy intellekt modeli" sifatida e’lon qilingan edi.
Gemini 2.5 Pro’ning imkoniyatlari
Qayd etilishicha, Gemini 2.5 Pro nafaqat so‘rovlarga javob berish, balki mantiqiy fikrlash va tahlil qilish qobiliyatiga ham ega. Ushbu model hozircha tajriba bosqichida bo‘lsa-da, allaqachon ilovalar bilan integratsiya, fayllarni yuklash hamda Canvas bilan ishlash kabi asosiy funksiyalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Dastlab, ushbu algoritm faqat pullik Gemini Advanced obunachilariga taqdim etilgan edi. Biroq, dam olish kunlari Google uni barcha Gemini foydalanuvchilari uchun ochish rejasini e’lon qildi.
Qayerdan foydalanish mumkin?
Hozirda Gemini 2.5 Pro’ning imkoniyatlarini Gemini.google.com sayti orqali sinab ko‘rish mumkin. Tez orada esa neyrotarmoq Android va iOS uchun mo‘ljallangan Gemini ilovalarida ham paydo bo‘ladi. Google vakillarining ta’kidlashicha, kompaniya o‘zining eng ilg‘or sun’iy intellekt modelini imkon qadar tezroq keng foydalanuvchilar auditoriyasiga taqdim etishni maqsad qilgan.
Yetakchi sun’iy intellekt modeli
Hozirda Gemini 2.5 Pro foydalanuvchilarning baholariga asoslangan LMArena reytingida yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, ushbu model matematika (AIME 2025) va ilmiy (GPQA diamond) testlarida ham birinchi o‘rinda turibdi.
Bundan tashqari, Google ushbu neyrotarmoqning dasturlash bo‘yicha ko‘nikmalarini yanada yaxshilash ustida faol ishlamoqda.
Kelajakda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
Hozircha Google Gemini 2.5 Pro’ning doimiy versiyasini butunlay ochiq va bepul qilishni rejalashtirayaptimi yoki bu faqatgina sun’iy intellekt modelini sinovdan o‘tkazish jarayonining bir qismi ekanligi noma’lum.
Bu borada kompaniya hali rasmiy izoh berganicha yo‘q, biroq foydalanuvchilar yangi versiyaning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar