23:12 / 17.11.2016
7 070

Barnes & Noble 50 dollar turadigan planshetni sotuvga chiqaradi

Barnes & Noble 50 dollar turadigan planshetni sotuvga chiqaradi

AQShda elektron kitoblar savdosi bilan yaxshi tanilgan Barnes & Noble kompaniyasi jahondagi eng arzon planshetlardan birini sotuvga chiqaradi. Nook Tablet 7 nomli planshetning narxi 50 dollar, 7 dyuymli ekran bilan jihozlangan va Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi.

Terabayt.uz saytida yozilishicha, planshet, asosan, rider vazifasini bajarganligi bois u kuchli texnik parametrlar bilan ta’minlanmagan (shuning uchun narxi ham arzon). Ekranning aniqlik formati – 1024 x 600 piksel. Qurilma ishiga to‘rt yadroli MediaTek MT8163 prosessori javob beradi, doimiy xotirasining sig‘imi 8 GB. Qo‘shimcha tarzda 128 GBgacha bo‘lgan microSD o‘rnatish mumkin. Qurilmaga 5 MPli asosiy va 2 MPli old kamera o‘rnatilgan, batareyasining sig‘imi- 3000 mA/soat, Wi-Fi hamda Bluetooth modullarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Nook Tablet 7, yuqorida qayd qilinganidek, mutolaa maqsadlarida yaratilgan bo‘lib, unga Barnes & Noble servislariga aloqador ko‘plab ilovalar o‘rnatilgan.

Planshet 25 noyabrda AQShda sotuvga chiqariladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Barnes & Noble 50 dollar turadigan planshetni sotuvga chiqaradi