
Server News saytining Shvesiyaning Ericsson kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga tayanib xabar berishicha, ilk 5G standartida ishlaydigan tarmoqlar 2020 yilda paydo bo‘ladi va 2022 yilga borib ushbu tarmoqqa ulangan qurilmalarning soni esa 550 millionga etishi mumkin.
Ericsson Mobility Report hisobotida belgilanishicha, 5G qoplam geografiyasi bo‘yicha Shimoliy Amerika etakchilik qilishi kutilmoqda (5G standartidagi tarmoqning 25 foizi ushbu mintaqa hisobiga to‘g‘ri kelishi mumkin). Ikkinchi o‘rinda Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi (10%), uchinchi o‘rinda esa G‘arbiy Evropa (5%) qayd qilingan.
5G texnologiyasida internet uzatilishining tezligi joriy mobil tarmoq tezligidan bir necha yuz marta tezkor bo‘lgani sababli, u qurilmalardan turli maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Jumladan, IoT (Internet of Things) sohasining rivojiga ijobiy ta’sir o‘tkazishi ta’kidlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar