Apple kompaniyasi kelgusi yilda e’lon qilinadigan iPhone 8 kamerasiga to‘ldirilgan reallik funksiyasini tatbiq etishni rejalashtirgan. Shu maqsadda ayni paytda maxsus muhandislar jamoasi keyingi avlod flagmanining kamerasi ustida ish olib boryapti, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Ushbu funksiyani smartfonga tatbiq etish uchun Kupertino giganti tomonidan so‘nggi yillarda sotib olingan turli startaplar ishlab chiqqan texnologiyalardan foydalanilmoqdi. Mazkur funksiyaning ishlash jarayoni quyidagicha tasvirlangan: iPhone 8 foydalanuvchisi qurilma kamerasini biror predmetga yo‘naltiradi, kamera esa mazkur predmetni aniqlab, tarmoqda u haqda mavjud bo‘lgan ma’lumotni aks ettiradi. Shuningdek, keyingi flagman “olma”ning kamerasi foydalanuvchilarning yuzini yanada tezroq aniqlash imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, internet tarmog‘idagi etakchi nashrlarda yaqinda berilgan xabarga ko‘ra, Apple ayni paytda to‘ldirilgan reallik funksiyasiga ega bo‘lgan aqlli ko‘zoynaklarni sinovdan o‘tkazishni boshlab yuborgan. Hozircha ushbu ko‘zoynakning qachon namoyish etilishi noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»