02:56 / 19.11.2016
7 164

Selfi kameralar kelgusida xavfdan ogoh etishi mumkin

Selfi kameralar kelgusida xavfdan ogoh etishi mumkin

Hindistonning Dehli shahrida joylashgan Axborot texnologiyalari universiteti tadqiqotchilarining ma’lum qilishicha, 2014 yilda jahon bo‘yicha 15 ta odam bevosita selfi olish jarayonida vafot etgan. 2015 yilda ushbu miqdor 39 taga etdi. Joriy yilda esa (hali nihoyasiga etmagan) jami 73 nafar inson selfi rasm tushirish paytida hayotdan ko‘z yumgan. Ferra saytining yozishicha, odatda, bunday o‘limlar Hindiston, Pokiston va AQSh davlatlarida kuzatilmoqda. Hindistonda so‘nggi uch yil ichida 76 ta odam selfi olish vaqtida halok bo‘lgan.

Ushbu raqamlar olimlarni selfi kameraning xavfni aniqlash darajasini oshirishga undamoqda. Digital Trend nashrida berilgan xabarga ko‘ra, ayni vaqtda universitet olimlari selfi vaqtida atrofdagi holatni baholab, mavjud xavf to‘g‘risida foydalanuvchini ogohlantiradigan sun’iy intellekt ustida ishlamoqda. Dastur turli manzillardagi balandlik, transportlarning tezligi va boshqa atrof-muhit bilan aloqador omillarni hisobga olishi rejalashtirilgan. Hozirda tizimning aniqligi 73%ni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Selfi kameralar kelgusida xavfdan ogoh etishi mumkin