02:59 / 19.11.2016
7 423

iPhone 7 egalari mo‘rt va qizib ketuvchi Home tugmasidan shikoyat qilishdi

iPhone 7 egalari mo‘rt va qizib ketuvchi Home tugmasidan shikoyat qilishdi

iPhone 7 va iPhone 7 Plus foydalanuvchilari smartfonlarda sensor qilib ishlangan yangi Home tugmasi mo‘rt materialdan tayyorlangani va juda ko‘p sinishiga e’tibor qaratishdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

iPhone foydalanuvchilari shuningdek singan tugma ko‘proq energiya iste’mol qilishi va smartfonni tezroq quvvatsizlantirishidan shikoyat qilganlar. Bundan tashqari, tugma ba’zida qo‘lni kuydirayozgudek darajada qizib ketadi.

Ayni vaqtda servis markazlarida bu muammo smartfonning o‘zini almashtirish bilangina hal qilinmoqda. Mutaxassislar ushbu tugma bilan muammolar borgan sari ko‘proq yuz berayotganini tasdiqladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 7 egalari mo‘rt va qizib ketuvchi Home tugmasidan shikoyat qilishdi