
Smartfon ichiga o‘rnatilgan akkumulyatorni o‘tkir tig‘li metall buyum – pichoq bilan teshsa nima sodir bo‘ladi? Bu savol internet foydalanuvchilaridan birini qiziqtirib qoldi va u buni tekshirib ko‘rish uchun kichkina sinov o‘tkazdi hamda ushbu tajriba aks etgan videoni YouTube’ga qo‘ydi.
Videoda ko‘rinishicha, batareyaga bir necha marta pichoq bilan urilgandan keyin, batareya shovqin bilan oq rangdagi achchiq tutun chiqarishni boshlagani, so‘ngra portlab, kuchli alanga bilan yonib ketgan. Bu videorolik internetda xitga aylandi. Bir hafta ichida bu rolik 3 millionta namoyish yig‘ishga erishdi.
Avvalroq OAVlarda smartfonlar foydalanuvchilarning cho‘ntaklarida portlab, yonib ketgani hollari yuz bergani haqida ma’lumotlar berilgan. Bunda foydalanuvchilar jiddiy kuyish jarohatlariga uchrashgan.
Youtube:
Mover: (tas-ix)
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar