date
views 73

OpenAI’ning yangi modellari rasmlar bilan “o‘ylaydi”

OpenAI’ning yangi modellari rasmlar bilan “o‘ylaydi”
OpenAI kompaniyasi GPT-4.1 chiqqanidan ikki kun o‘tib, yangi sun’iy intellekt modellari — o3 va o4-mini’ni e’lon qildi, deb ixbt.com xabar berdi.

o3 modeli hozircha eng rivojlangan AI bo‘lib, kod yozish, matematika va ilmiy topshiriqlarni yechishda kuchli natijalarga ega. o4-mini esa arzonroq, ammo samarali muqobil sifatida ko‘rsatilgan.

Eng e’tiborga loyiq jihati shundaki, bu modellarning har ikkisi ChatGPT’dagi barcha vositalarni birlashtira oladi, jumladan, rasmni yaratish va tahlil qilish funksiyalarini ham.

Endi AI rasmlarni ko‘rish, tushunish va ularga asoslangan fikrlash imkoniyatiga ega. Bu esa foydalanuvchining chizmasi, skanerlari yoki fotosuratlari asosida yechimlar yaratishga xizmat qiladi.

OpenAI shuningdek, Codex CLI nomli yangi dasturchi yordamchi vositani ham e’lon qildi. Yaqinda o3-pro versiyasi ham chiqarilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OpenAI’ning yangi modellari rasmlar bilan “o‘ylaydi”