
Google kompaniyasi AQShda navbatdagi antimonopoliya sud ishida mag‘lub bo‘ldi, deb yozadi The Verge va Wylsa.com. AQSh Adliya vazirligi (DOJ) kompaniyani onlayn qidiruv va reklama texnologiyalari bozorini noqonuniy egallaganlikda ayblab, sudda g‘alaba qozondi.
Endi kompaniya ustidan qaror Kolumbiya okrugi federal sudida yakuniy ko‘rinishda ko‘rib chiqiladi. Unda DOJ Google’ni majburiy qayta tuzish rejasini taqdim etadi.
Ushbu reja asosida Google Android operatsion tizimi, Chrome brauzeri va asosiy qidiruv slotlarini xarid qilish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Ekspertlar fikricha, Google’ni ushbu vaziyatdan faqat mo‘’jiza yoki Donald Tramp qutqarib qolishi mumkin. Chunki kompaniyani bo‘lishni aynan Jo Bayden hukumati taklif qilgan, u bilan Tramp o‘rtasida esa jiddiy shaxsiy ziddiyatlar mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar