date

Thunderobot sunʼiy intellekt uchun suyuq sovutish tizimli mini-PK chiqardi

Thunderobot sunʼiy intellekt uchun suyuq sovutish tizimli mini-PK chiqardi

Thunderobot kompaniyasi sunʼiy intellekt vazifalari uchun moʻljallangan, suyuq sovutish tizimiga ega oʻziga xos ishchi stansiyani taqdim etdi. Yangi qurilma 199 x 199 x 199 mm oʻlchamdagi ixcham kub shaklidagi korpusda ishlab chiqarilgan boʻlib, Xitoy bozorida 26 999 yuan (taxminan 4000 dollar) boshlangʻich narx bilan sotuvga chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Qurilma alyuminiy korpus va 1 mm qalinlikdagi poʻlat plastina bilan mustahkamlangan. Ichki qismida 12 qatlamli plata va 14 fazali quvvat tizimi oʻrin olgan. Sovutish uchun 12 000 kv. mm maydonga ega koʻp qatlamli mis plastinali maxsus suyuq sovutish tizimi (SJO) hamda 100 000 soatgacha xizmat qiladigan sanoat darajasidagi ventilyatorlar qoʻllanilgan.

Ishchi stansiya Zen 5 arxitekturasi va 4 nm texnologiyasi asosida yaratilgan 16 yadroli AMD Ryzen AI Max+ 395 protsessori bilan jihozlangan. Uning chastotasi 5,1 GGs ga yetadi, 80 MB kesh xotiraga ega. Shuningdek, 40 ta hisoblash blokiga ega Radeon 8060S grafikasi va sunʼiy intellekt vazifalari uchun 50 TOPS unumdorlikni taʼminlovchi neyron blok mavjud.

Mini-PK 128 GB LPDDR5-8000 tezkor xotirasi va 2 TB hajmli PCIe 4.0 SSD bilan taʼminlangan. 400 W quvvatga ega Platinum sertifikatli blok oʻrnatilgan. Interfeyslar qatoriga USB4 Type-C, HDMI 2.1, DisplayPort 1.4, 10G Ethernet va 2.5G Ethernet portlari, shuningdek, Wi-Fi 7 va Bluetooth 5.4 simsiz aloqa texnologiyalari kiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Thunderobot sunʼiy intellekt uchun suyuq sovutish tizimli mini-PK chiqardi