
2016 yil oxiriga kelib sayyoramiz aholisining yarmi internetga ulangan bo‘ladi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda 80 foiz aholi, rivojlanayotgan davlatlarda 40 foiz aholi, kamroq darajada rivojlangan davlatlarda 15 foizdan kamroq aholi internetdan foydalanar ekan.
Butun dunyoda internetdan foydalanuvchi aholi hozirda 47 foizni tashkil qilmoqda, 2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich 60 foizga etishi kutilmoqda. Xalqaro elektr aloqa ittifoqida 2016 yil oxiriga kelib 3,5 mlrd kishi internetga kira olishi prognoz qilinmoqda.
"2016 yilda odamlar boshqa onlaynga kirmayaptilar, ular doimiy tarzda onlaynda qolmoqdalar. Butun dunyo bo‘ylab 3G va 4G tarmoqlarining tarqalishi ko‘proq sondagi odamlarga internetni olib keldi", deyilmoqda hisobotda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar