date
views 77

Apple WWDC 2025’da macOS Tahoe’ni taqdim etadi

Apple WWDC 2025’da macOS Tahoe’ni taqdim etadi
Apple 2025 yil 9 iyundan boshlanadigan WWDC konferensiyasida yangi ish stoli operatsion tizimi — macOS 26ni taqdim etishga tayyorlanmoqda, deb yozmoqda Bloomberg jurnalisti Mark Gurman, deb xabar berdi Rozetked.me.

Yangi versiya macOS Tahoe deb nomlanadi — u Kaliforniyada joylashgan Taho ko‘li, ya’ni tiniq suvlari bilan mashhur hududdan ilhomlangan. Gurmanning aytishicha, yangi tizim dizaynida shaffof oynalar, tugmalar va ikonkalar paydo bo‘lishi mumkin.

Apple an’anaga ko‘ra, macOS versiyalariga Kaliforniyadagi geografik nomlar berib keladi — oldingi versiyalar orasida Mavericks, Yosemite, Monterey, Sequoia kabi nomlar bor.

macOS 26 bilan birga iOS, iPadOS, watchOS, tvOS va visionOS yangilanishlari ham taqdim etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple WWDC 2025’da macOS Tahoe’ni taqdim etadi