
Toshkent shahri 19–21 iyun kunlari barcha diqqatlar markazida bo‘ladi — bu vaqtda «Central Asian Expo» ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor «Eco-Expo Central Asia 2025» xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Ushbu ko‘rgazma nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun ekologik barqarorlik va ilg‘or yechimlar sohasida muhim voqelik sifatida baholanmoqda.
Tadbirda 25 dan ortiq davlatdan kelgan yetakchi kompaniyalar va mutaxassislar o‘z texnologiyalari va yechimlarini taqdim etadi. Ular orasida Shveysariyaning mashhur «Bartholet Maschinenbau AG» kompaniyasi ham bor. Mazkur kompaniya dunyodagi eng ilg‘or dor yo‘llar ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida tanilgan bo‘lib, Zominda amalga oshirilgan loyihasi orqali O‘zbekistondagi faoliyatini boshlab yuborgan.
Kompaniya bosh direktori Markus Menzining taʼkidlashicha, mazkur ko‘rgazma nafaqat ekologik texnologiyalar taqdimoti, balki biznes va hukumat vakillari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish imkoniyatini beradi:
“Biz dor yo‘llarni qurishda atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni kamaytirishga, tabiatni asrab-avaylashga alohida eʼtibor qaratamiz. Loyihalarimiz tabiiy landshaftni asrab qolish va ekologik talablarga rioya qilish asosida amalga oshiriladi.”
Taʼkidlash joizki, “Bartholet” kompaniyasi Toshkentda qo‘shma korxona ochgan bo‘lib, u nafaqat dor yo‘llar qurilishi, balki ularni taʼmirlash, ehtiyot qismlarini yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanadi. Bu esa O‘zbekistonda zamonaviy transport infratuzilmasini shakllantirishda muhim qadamdir.
Ko‘rgazmada “Bartholet” o‘zining yangi avlod smart kabinalari bilan ishtirok etadi. Ularning kabinasida zamonaviy sensor texnologiyalari, qulaylik va xavfsizlikni taʼminlovchi yechimlar o‘rnatilgan. Bu nafaqat yo‘lovchilar uchun qulaylik, balki shahar ekologiyasi uchun ham katta yutuq demakdir.
Toshkentda o‘tadigan «Eco-Expo Central Asia 2025» ko‘rgazmasi – bu yangi texnologiyalar, o‘zaro hamkorlik va ekologik kelajak uchun amaliy qadamlar maydonidir. Markus Menzi esa barcha mahalliy va xalqaro hamkorlarni “Bartholet” stendida uchrashishga va ekologik toza transportni birgalikda rivojlantirishga chaqiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar