00:05 / 18.03.2015
9 153

Microsoft kompaniyasi Office 2016 va Skype’ning biznes uchun mo‘ljallangan dastlabki versiyalarini taqdim etdi

Microsoft kompaniyasi Office 2016 va Skype’ning biznes uchun mo‘ljallangan dastlabki versiyalarini taqdim etdi

Microsoft kompaniyasi Office 2016 dasturlar paketi va Skype messenjerining biznes uchun mo‘ljallangan dastlabki versiyalarini taqdim etdi. Kompaniya bu haqdagi tegishli e’lonni o‘zining rasmiy saytida chop etdi.

Office 2016 yangilangan interfeys, yaxshilangan qidiruv tizimi va yuqori ish tezligiga ega. Bu dasturning dastlabki versiyasi Office 365 ning barcha obunachilariga manzur bo‘ladi. Dasturning funksionallik kengaytmalari taxminan bir oyda bir marta chiqariladi. Office 2016 hozircha oxirgi mahsulotga xos funksionallikka ega emas. Dasturning to‘liq ishchi varianti yilning ikkinchi yarmida chiqarilishi rejalashtirilgan.

Biznes uchun Skype korporativ muloqot uchun mo‘ljallangan Microsoft Lync dasturining o‘rnini bosishi kerak. U Office dasturlari bilan yaqindan integrasiyalangan hamda bir kompaniya xodimlariga loyihalar ustida ishlash bilan birga uni muhokama qilishga imkon beradi. Skype’ning dastlabki versiyasi yaqin haftalarda Lync foydalanuvchilari uchun taqdim etiladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft kompaniyasi Office 2016 va Skype’ning biznes uchun mo‘ljallangan dastlabki versiyalarini taqdim etdi