
Xitoyning yetakchi texnologiya kompaniyalaridan biri bo‘lgan Baidu sun’iy intellekt (SI) sohasidagi raqobatni kuchaytirish maqsadida yangi mahsulot va xizmatlarini taqdim etdi. Kompaniya bugun korxonalar uchun mo‘ljallangan MuseSteamer nomli SI asosidagi video generatorini ishga tushirdi hamda qidiruv tizimini tubdan yangiladi.
MuseSteamer – bu tasvirdan videoga aylantirish imkonini beruvchi yangi avlod texnologiyasi bo‘lib, 10 soniyagacha bo‘lgan videolarni generatsiya qilish qobiliyatiga ega. Modelning Turbo, Pro va Lite kabi uchta talqini mavjud bo‘lib, ular turli darajadagi ehtiyojlarga moslashtirilgan.
Boshqa xalqaro texnologik gigantlar – jumladan OpenAI, ByteDance, Tencent va Alibaba – o‘tgan yili matndan yoki tasvirdan video yaratish imkonini beruvchi modellarni joriy etgan edi. Ammo Baidu bu borada farqli yondashuvni tanladi: MuseSteamer hozircha faqat biznes foydalanuvchilarga mo‘ljallangan, keng jamoatchilik uchun mobil ilova hali taqdim etilmagan.
Shuningdek, Baidu o‘zining qidiruv tizimini sezilarli darajada yangiladi. Endi foydalanuvchilar uzunroq matnli so‘rovlar yuborishlari, shuningdek, ovozli va tasvir asosidagi qidiruv funksiyalaridan foydalanishlari mumkin. Qidiruv natijalari esa Baiduning sun’iy intellekt algoritmlari asosida yanada aniqroq va foydalanuvchiga moslashtirilgan tarzda taqdim etiladi.
Bu yangiliklar fonida Baidu Xitoyda SI asosidagi chatbotlar bilan kuchli raqobatga duch kelmoqda. Jumladan, ByteDance'ning Doubao va Tencent'ning Yuanbao kabi mahsulotlari ommaviy mashhurlikka erishmoqda. Baiduning yangi tashabbuslari kompaniyaning ushbu raqobatda o‘z mavqeini mustahkamlashga qaratilgan strategik qadami sifatida baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar