20:14 / 04.12.2016
6 745

Fitbit aqlli soat chiqaradigan Pebble kompaniyasini sotib oladi

Fitbit aqlli soat chiqaradigan Pebble kompaniyasini sotib oladi

Fitnes –trekerlar ishlab chiqaradigan Fitbit kompaniyasi smartvotchlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan Pebble firmasini 40 mln dollarga sotib oladi, deb yozmoqda Terabayt.uz.

Pebble so‘nggi paytlarda og‘ir moliyaviy inqirozni boshdan kechirayotgan edi, shu bois xariddan tushgan mablag‘ning ma’lum qismi firma qarzlarini qoplashga sarflanadi.

Eng qizig‘i, o‘tgan yilda boshqa soat ishlab chiqaradigan Sitizen kompaniyasi Pebble uchun 740 mln dollar taklif qilgan edi. Biroq ushbu kelishuv amalga oshmadi. Pebble 2 soatining taqdimotidan oldin Intel kompaniyani 70 mln dollarga xarid qilish istagini bildirgan edi. Afsuski, yuqoridagi ikkala taklif ham Pebble direktori Erik Mijikovski tomonidan rad etilgan.

Pebble so‘nggi paytda moliyaviy inqiroz sabab xodimlarning 20 foizini ishdan bo‘shatgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Fitbit aqlli soat chiqaradigan Pebble kompaniyasini sotib oladi