
Samsung buklama iPhone uchun displeylar ishlab chiqarishni boshlamoqchi, deb Rozetked.me xabar berdi.
iPhone’ning buklama (qatlanadigan) versiyasi haqida mish-mishlar bir necha yillardan beri tarqalmoqda. Koreyaning ETNews nashriga ko‘ra, Samsung Koreyada faqat Apple uchun mo‘ljallangan yangi ishlab chiqarish liniyasini yakunlamoqda. Yaqin kunlarda Samsung buklama iPhone uchun displeylarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda. Yangi liniya yiliga 15 million dona 7 dyuymli OLED buklama displey ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
Apple’ning birinchi buklama iPhone’i OLED displeyga ega bo‘ladi va ekran ichkariga buklanadi. U 2026 yilda iPhone 18 liniyasining boshqa modellari bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Apple dastlab 6–8 million dona buklama iPhone ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Samsung Display Apple bilan ikki yillik eksklyuziv yetkazib berish shartnomasiga erishgan.
Mish-mishlarga ko‘ra, buklama iPhone’ning qalinligi 4,5 mm bo‘ladi, 7 dyuymli, iPad uslubidagi ichki displeyga ega bo‘ladi, unda ko‘zga ko‘rinadigan buklamalar bo‘lmaydi va ekran nisbati 4:3 bo‘ladi. Face ID o‘rniga, Touch ID qurilmaning yon tugmasiga joylashtiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar