
Ukraina xakerlari Rossiyadagi dron ishlab chiqaruvchiga tegishli serverlarni yo‘q qilganini da’vo qilmoqda, deb TechCrunch xabar berdi.
"BO Team" nomi bilan tanilgan ukrain kiber guruhi o‘zining Telegram kanalida Rossiyaning "Special Technology Center" (STC) kompaniyasiga qarshi amalga oshirilgan hujum haqida bayonot berdi. Bu kompaniya Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli bo‘lib, “Orlan” turidagi dronlarni ishlab chiqaradi.
Xakerlar STC’ning asosiy serverlarini yo‘q qilganini va natijada ma’lumotlar, loyihalar va ichki aloqalar to‘liq o‘chirilganini ma’lum qilgan. Shuningdek, ular ba’zi ichki hujjatlar va xodimlarga oid ma’lumotlarni ham oshkor qilishgan.
Rossiya rasmiylari hozircha bu borada hech qanday rasmiy izoh bermagan. TechCrunch ta’kidlashicha, hujum rostdan ham amalga oshirilganini mustaqil manbalar orqali tasdiqlash qiyin, ammo bu voqea Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi kiberurush keskinligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar