date

YouTube haqoratli so‘zlar bo‘yicha qoidalarni yumshatdi

YouTube haqoratli so‘zlar bo‘yicha qoidalarni yumshatdi

YouTube o‘z platformasida haqorat so‘zlariga nisbatan qo‘llaniladigan qoidalarni yumshatdi va bunday videolarni monetizatsiya qilish imkonini oshirdi, deb TechCrunch.com xabar berdi.

Yangi siyosatga ko‘ra, videolarda o‘rta darajadagi haqorat so‘zlari mavjud bo‘lsa, ular to‘liq monetizatsiya qilish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

Bu o‘zgarish YouTube’ning kontent yaratuvchilarga nisbatan ko‘proq moslashuvchan va adolatli yondashuvini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Platforma shu bilan birga aniq so‘kinishlarning og‘irligi va kontekstini ham hisobga oladi. Masalan, videoning birinchi 7 soniyasida kuchli haqorat bo‘lsa, unda reklama cheklanishi mumkin.

YouTube shu orqali nomuvofiq qoidalar tufayli daromaddan mahrum bo‘layotgan blogerlarga yengillik yaratishni maqsad qilgan.

Yangilangan qoidalar joriy haftada amaliyotga tatbiq etilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube haqoratli so‘zlar bo‘yicha qoidalarni yumshatdi