BAA operatorlari WhatsApp ovozli qo‘ng‘iroqlarini to‘sib qo‘yishdi


Biroz avval WhatsApp mescenjeri Android operasion tizimida ishlovchi qurilmalar uchun ovozli qo‘ng‘iroqlar xizmatini kiritgan edi. Bu funksiyaga ega bo‘lishi uchun messenjerni yangi 2.11.531 versiyasigacha yangilash talab qilinadi.
Biroq WhatsApp’ning butun dunyodagi foydalanuvchilari bu yangi funksiyadan xursand bo‘layotgan bir paytda BAA telekommunikatsiya operatorlari bu borada salbiy fikr bildirmoqda. WhatsApp’ning yanada tamkomillashgan kommunikatsion platformani yaratishdagi harakatlari BAAda ortiqchalik qilmoqda.
Xususan, BAAning ikkita yirik aloqa operatori – Etisalat va Du kompaniyalari amirlik mijozlari uchun WhatsApp’ning ovozli qo‘ng‘iroqlar xizmatini to‘sib qo‘ydi. WhatsApp’ning ba’zi foydalanuvchilari Wi-Fi orqali bu funksiyani ishlatishga muvaffaq bo‘lishgan. Biroq bu imkoniyat ham bir necha kun ichida yo‘qqa chiqarilishi mumkin.
Manba: www.kun.uz































Izohlar 0
…