UzMobile GSM tarmog‘i ishga tushishi 15 aprelga ko‘chirildi


Zarur qo‘shimcha texnik va ishga tushirish-sozlash ishlarining o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UzMobile GSM tarmog‘ining ishga tushirilishi ilgari e’lon qilingan sana (10 aprel)dan 15 aprel kuniga ko‘chirildi.
“O‘zbektelekom” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, UzMobile GSM tarmog‘iga abonentlarning ulanishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha “O‘zbektelekom” AK sotuvlar ofislarida 15 aprel kuni soat 14:00dan boshlanadi.
Manba: www.kun.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…