date

Hindistonda AI 22 tilda ishlashni o‘rganmoqda

Hindistonda AI 22 tilda ishlashni o‘rganmoqda
Hindistonda 22 ta rasmiy til va yuzlab lahjalar mavjud. Bu raqamli xizmatlar, ta’lim, tibbiyot va davlat boshqaruvida til to‘siqlarini bartaraf etishni muhim vazifaga aylantirgan.

Mumbai shahrida oziq-ovqat yetkazib beruvchi Vinet Savant ingliz tilini bilmagani sabab ishining dastlabki oylarida buyurtma ko‘rsatmalarini tushunishda qiynaldi. O‘tgan yili Zepto kompaniyasi haydovchilar uchun ilovaga AI asosida tarjima funksiyasini qo‘shib, oltita til variantini taklif qildi.

Professori Pushpak Bxattacharyya mahalliy tillarda sifatli raqamli ma’lumotlar yetishmasligi AI-modellar yaratishdagi asosiy muammo ekanini aytadi. Shu bois hukumat 2022-yilda Bhashini loyihasini ishga tushirib, 22 tilda AI-modellar ishlab chiqishni boshladi. Hozirda platformada 350 til modeli mavjud.

AI-texnologiyalar sog‘liqni saqlashda ham qo‘llanmoqda. Mumbai olimlari tamaki iste’molini kamaytirish bo‘yicha ko‘p tilli, shaxsiylashtirilgan maslahat beradigan AI-dastur yaratmoqda.

Mutaxassis AI til imkoniyatlarini kengaytirish texnologik rivojlanish bilan birga ijtimoiy birlashish uchun ham muhim ekanini ta’kidlaydi. Savant esa: “Ilova bizning tilimizda gapirganda, o‘zimizni ishonchliroq his qilamiz va samaraliroq ishlaymiz”, — deydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Hindistonda AI 22 tilda ishlashni o‘rganmoqda