date

Sun’iy intellekt o‘yin sanoatini egallayaptimi?

Sun’iy intellekt o‘yin sanoatini egallayaptimi?

Google Cloud o‘tkazgan yangi so‘rovda aniqlanishicha, videoo‘yin ishlab chiquvchilarning qariyb 90 foizi ish jarayonini yengillashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanmoqda. So‘rov AQSh, Janubiy Koreya, Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiyadagi 615 nafar mutaxassis o‘rtasida o‘tkazilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishlab chiquvchilarning ko‘pi sun’iy intellekt yordamida takroriy va og‘ir vazifalarni avtomatlashtirib, ijodiy ishlariga ko‘proq vaqt ajrata olmoqda. Masalan, matn, ovoz, kod va video kabi kontentlarni qayta ishlash va optimallashtirish AI yordamida tezroq amalga oshirilmoqda.

So‘nggi yillarda o‘yin sanoati ishlab chiqarish xarajatlari va loyihalar muddati cho‘zilib ketishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Shu sababli ko‘plab kompaniyalar AI texnologiyalariga murojaat qilib, xarajatlarni kamaytirishga va jarayonlarni tezlashtirishga harakat qilmoqda.

Biroq sun’iy intellektdan foydalanish masalasi hamon bahsli. Ish o‘rinlarining qisqarishi, mualliflik huquqi bilan bog‘liq muammolar va ishlab chiquvchilarga pastroq haq to‘lanishi kabi xavotirlar mavjud.

Shunga qaramay, ishlab chiquvchilarning 94 foizi AI kelajakda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishiga ishonmoqda. Lekin ayrim mutaxassislar bu texnologiyaga qilingan sarmoyaning samaradorligini aniq o‘lchash qiyinligini aytmoqda. Shuningdek, AI yaratgan kontentga kim egalik qilishi masalasi hamon ochiq qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sun’iy intellekt o‘yin sanoatini egallayaptimi?