Solos kompaniyasi yaqin kunlarda yaratilayotgan zamonaviy innovatsion ixtirolardan biri — aqlli ko‘zoynak ustida ish olib bormoqda. Yangi turdagi bu texnologiya ko‘rishda muammosi bor bemorlarning kundalik hayotini sezilarli darajada yengillashtirishga qodir. Uning asosiy vazifasi matnlarni real vaqtda tanish va o‘qish, shuningdek, atrofda yuz berib turgan vaziyatni so‘z bilan ifodalashdan iborat. Shu bilan birga, mazkur ko‘zoynak inson yuzlarini ham taniy oladi, deb ma’lum qildi ishlab chiqaruvchilar.
Yangi gadjetdan foydalanish uchun ortiqcha harakat kerak emas. Faqat istalgan buyruqni ovoz orqali aytsangiz, u darhol bajariladi. Eng muhim jihati shundaki, bu imkoniyatni ko‘rish darajasidan qat’i nazar, har bir foydalanuvchi qo‘llay oladi. Shunday ekan, bunday innovatsion vosita, ayniqsa, kognitiv nuqsonlarga ega bo‘lgan keksa avlod vakillari uchun beqiyos yordamchi bo‘lishi mumkin.
Texnologiya mutaxassislari ta’kidlashicha, bunday qurilmalarning keng tarqalishi inson hayotini yanada osonlashtirishi, ularning mustaqil harakatlanish va dunyo bilan bog‘lanish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin. Bu esa nafaqat tibbiy jihatdan, balki ijtimoiy hayotda ham katta qadam hisoblanadi.
Solos kompaniyasi qurilmani ommaviy ishlab chiqarish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani aytilmoqda. Hatto hozirning o‘zidayoq maxsus buyurtmalar qabul qilinmoqda. Yangi texnologiyaga qiziqqanlar uni 400 dollar atrofidagi narxda xarid qilishlari mumkin.
Sun’iy intellektga asoslangan aqlli ko‘zoynak hayotni yengillashtiradi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar