Apple ekransiz va ikkita kamerali ilk aqlli ko'zoynagini ishlab chiqmoqda

Apple kompaniyasi yangi avlod aqlli ko'zoynaklarini ishlab chiqarmoqda, bu ko'zoynaklar ekranisiz va ikkita kamera bilan ta'minlangan bo'ladi. Qurilma ovozli boshqaruv va imo-ishoralarga asoslangan interfeysga ega bo'lib, yuqori sifatli suratlar va videolarni olish uchun birinchi kamera, qo'l harakatlarini aniqlash uchun esa ikkinchi keng burchakli kamera ishlatiladi. Apple minimalizm va energiya tejamkorligiga e'tibor qaratmoqda, shuning uchun dastlabki versiyada LiDAR va 3D sensorlar bo'lmaydi.
"Apple" kompaniyasi sun'iy intellektga ega yangi avlod aqlli ko'zoynaklarini ishlab chiqmoqda. Ushbu qurilma "Meta Ray-Ban" darajasidagi mahsulotlar bilan raqobatlashishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
"MacRumors" nashri ma'lumotlariga ko'ra, qurilmaning birinchi versiyasi umuman ekransiz bo'ladi.
Yangi ko'zoynak vizual interfeys o'rniga ovozli boshqaruv va imo-ishoralarga asoslanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qurilma ikkita kameraga ega bo'ladi.
Birinchi kamera yuqori sifatli rasm va videolarni suratga olish hamda ularni smartfon orqali tezkor almashish uchun mo'ljallangan.
Ikkinchi keng burchakli kamera esa qo'l harakatlarini aniqlash va "Siri" orqali funksiyalarni boshqarish uchun ishlatiladi. Bu imo-ishoralarni qurilma bilan ishlashning asosiy usuliga aylantiradi.
"Apple" minimalizm va energiya tejamkorligiga e'tibor qaratmoqda. Batareyani ortiqcha yuklamaslik va ixcham formatni saqlab qolish uchun birinchi versiyada "LiDAR", 3D datchiklar va o'rnatilgan displey bo'lmaydi.
Kompaniya hozirda "Vision Pro" va kelajakdagi "AirPods" modellarida ham imo-ishorali boshqaruvni sinovdan o'tkazmoqda.































Izohlar 0
…