date

Instagramda ikkita yangi imkoniyat paydo bo‘ldi

Instagramda ikkita yangi imkoniyat paydo bo‘ldi

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida fotosuratlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan ikkita yangi funksiya paydo bo‘ldi.

Ulardan birinchisi Fade deb ataladi. Bu funksiya yordamida fotosuratdagi ranglarni yumshatish mumkin. Color nomli ikkinchi funksiya esa suratga yorug‘ yoki, aksincha, qorong‘u ottenkalar qo‘shish imkoniyatini beradi. Bu funksiya orqali sakkiz xil rangni qayta ishlash mumkin.

Yangi funksiyalar Android operativ tizimida ishlaydigan uskunalar uchun bugun iste’molga kiradi; bir necha kundan so‘ng ularning iOS operativ tizimiga mo‘ljallangan versiyalari ham internetda paydo bo‘ladi.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Instagramda ikkita yangi imkoniyat paydo bo‘ldi