Samsung Galaxy S6 edge’ning ichki tuzilishi tekshirib ko‘rildi

Samsung Galaxy S6 edge’ning ichki tuzilishi tekshirib ko‘rildi
Samsung Galaxy S6 edge’ning ichki tuzilishi tekshirib ko‘rildi

Mashhur iFixit loyihasi doirasida Samsung korporasiyasining yangi smartfoni Galaxy S6 edge’ning ichki tuzilishi tekshirib ko‘rildi. Aniqlanishicha, apparatning ichki tuzilishi ancha tartibli bo‘lishiga qaramay, ochish va ta’mirlashga moslashtirilmagan.

Masalan, smartfonning akkumulyatori bir necha qavat komponentlar ostida joylashgan. Uning qobig‘i shisha va metall konstruksiyadan iborat bo‘lib, tez qirilishi yoki zararlanishi mumkin. Orqa qopqoq ochilmaydi, shu bois batareyani mustaqil ravishda olishning iloji yo‘q.

iFixit loyihasi mutaxassislari smartfonning ta’mirga moslashganlik darajasini 3-10 o‘rtasida baholagan.

Eslatib o‘tamiz, yangi Samsung Galaxy S6 edge smartfonlari 10 aprelda sotuvga chiqariladi.

Manba: www.kun.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar