TikTok Buyuk Britaniyada yuzlab xodimlarini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Ular asosan kontentni nazorat qiluvchilar bo‘lib, kompaniya bu jarayonni boshqa Yevropa ofislariga ko‘chirishni va sun’iy intellektdan kengroq foydalanishni maqsad qilgan.
TikTok vakillari bu o‘zgarish global darajadagi “Ishonch va xavfsizlik” bo‘limini kuchaytirish rejasining bir qismi ekanini aytmoqda. Ularning fikricha, sun’iy intellekt jarayonni tezlashtiradi va samaradorlikni oshiradi.
Biroq, Buyuk Britaniyadagi Kasaba uyushmasi bu qarorni tanqid qilib, uni “korporativ manfaatlarni inson xavfsizligidan ustun qo‘yish” deb atadi. Ularning aytishicha, faqat texnologiyaga tayanish xavfli bo‘lishi mumkin.
Ishdan bo‘shatilgan nazoratchilar kompaniya ichida boshqa lavozimlarga hujjat topshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Bu o‘zgarish Buyuk Britaniyada onlayn xavfsizlik talablari kuchaygan paytga to‘g‘ri keldi. Endilikda kompaniyalar qonunlarga rioya qilmasa, katta jarimalar to‘lashi mumkin. Shu sababli TikTok ham yangi nazorat choralarini joriy qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar