O‘zbekiston Prezidentining «Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, agrar tashkilotlarga robototexnika, dron va turli qurilmalar yordamida xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Dron xizmatlaridan foydalanish uchun endilikda Agroportal orqali onlayn ariza topshirish, shartnoma tuzish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Agroportal orqali 30 metr balandlikkacha parvoz qiladigan dronlar xizmatidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunday xizmatlar tegishli idoralar bilan kelishilgan hududlarda va ular bergan yillik ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar