date

Tramp TikTok masalasida amerikalik xaridorlarni tilga oldi

Tramp TikTok masalasida amerikalik xaridorlarni tilga oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp juma kuni TikTok atrofidagi vaziyat haqida bayonot berdi.

Unga ko‘ra, TikTok'ni sotib olishga qiziqish bildirayotgan amerikalik xaridorlar mavjud va ByteDance kompaniyasiga o‘z aktivlarini sotish bo‘yicha muddatni uzaytirish imkoniyati ko‘rib chiqilyapti.

Tramp TikTok foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi bo‘yicha xavotirga asos yo‘qligini aytdi. U bu masalani hozircha Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muhokama qilmagan, ammo “loyiq vaqtda” gaplashishini bildirgan.

Qizig‘i shundaki, TikTok atrofidagi noaniqliklar fonida Oq uy o‘zining rasmiy TikTok akkauntini ochdi. Bu qadam jamoatchilikda turli munozaralarga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tramp TikTok masalasida amerikalik xaridorlarni tilga oldi